AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterda Virjiniya ştatidagi Aleksandriya şahrida AQŞ kongressmeni Stiv Skalizega hujum qilinişiga munosabat bildirdi.
14 iyunda noma'lum şaxs kongressmen va uning yordamçilariga öq uzgan. Voqea Aleksandriya şahridagi beysbol maydonçasida yuz bergan. Bu yerda Skalize va uning hamrohlari maşğulot ötkazaşayotgan bölgan.
"Luizinadan kongressmen Stiv Skalize, çin döst va vatanparvar, jiddiy jarohatlandi, biroq töliq tiklanadi", deb yozgan Tramp.
Tramp Skalizening soğayib ketişini Tangridan söraşini aytgan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, voqea oqibatida 5 kişi jarohat olgan, ular orasida Skalize va 2 nafar politsiyaçi bor. Otişmani sodir etgan kimsa qölga olingan.












