Pastdarğom tumanida tuğilib, şu yerda ulğaygan Ra'no Adizova (ism-familiyalar özgartirilgan) turmuşga çiqqaç, uç nafar farzandli böldi. Biroq turmuşidagi noahillik bois eri bilan ajraşdi. Ayol uç bola bilan köçada qolgandan söng xilqatiga nomunosib yaşaş tarzini tanladi. Turli fahş işlarga qöl urdi, öziga hammaslak xuştorlar orttirdi. Xom xayollarga inonib, xorijga yöl oldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Turkiya davlatida sarson-sargardonlikda, xonadonma-xonadon yurdi, iş axtardi. Şu yerda fohişaxonalar taşkil qilib, qiz-juvonlarni yollab “işlatadigan” Malika bilan tanişib, uning hamtovoğiga aylandi. Ra'no Malika kutgan odam bölib çiqdi, Özbekistondan unga qizlar va ayollarni jönatib turişga kömaklaşadigan böldi. R.Adizova Özbekistonga qaytgaç, eski tanişi, ayni paytda xuştori bölgan, faoliyati, yaşaş tarzining tayini yöq Qosim Ösarov bilan özaro jinoiy til biriktirib, Malikaning topşiriqlarini bajardi. Sodda va işonuvçan, havoyi xayollarga berilgan qiz-juvonlarga xorijda iş topib berişni va'da qilib, işonçiga kira boşladi. Törlariga ilinganlarni noqonuniy yöllar orqali avval Qozoğiston va Qirğizistonga, undan söng Turkiyaga yetkaziş böyiça puxta rejalar tuzgandi. Bunda ularga qöşni mamlakatlarda yaşovçi Botir va Baxtiyor ismli kimsalar yaqindan yordam berardi.
Bahora, Nafisa hamda Madina kabi qizlar nafsi hakalak otgan odam savdogarlarining tuzoğiga ilinişdi. Ra'no qizlarni Turkiyada nihoyatda gözal hayot va mömay pul kutayotgani, istasa, farroşlik qiliş, xonadon işlarini bajariş, enaga yoxud ofitsiant bölib işlaşlari mumkinligi haqidagi çöpçaklariga işontirdi. Hujjat rasmiylaştiriş bahonasida fuqarolik pasportlarini osongina qölga kiritdi. Qizlarga, ayniqsa, Ra'no Adizovaning “Heç qanday xarajat haqida öylamang, xizmatimiz haqini keyin ham işlab tölayverasizlar”, degan sözlari juda yoqib tuşdi. Afsuski, ayollar özini qanday fahş işlar kutayotganini xayoliga ham keltirişmasdi.
Öşa kuni Ra'no Adizova va Qosim Ösarov Bahora, Nafisa hamda Madinalar bilan birga yölovçi transportda Samarqanddan Toşkentga jönaşdi. Ra'no yölda borarkan, Turkiyadagi rahnamosi Malika bilan telefon orqali xabarlaşib, yölga otlanayotganini ma'lum qildi. Şu bilan birga, qizlarni Qozoğiston Respublikasi hududiga olib ötib topşiriş uçun Botir va Baxtiyorlarning hoziru nozirligiga ham işonç hosil qildi. Biroq odamfuruşlar Toşkent viloyatining “Ğiştköprik” çegara-bojxona postida huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir çoğida qölga olindi.
Olib borilgan tergov va suriştiruv natijasida Ra'no Adizova hamda uning xuştori, haydovçi, göl va sodda qizlarni tuzoğiga ilintirişda unga yaqindan yordam berib kelgan Qosim Ösarovning qonunlarga zid xatti-harakatlari ma'lum böldi. Qarindoşi, mahalladoşini-da sotib, huzur-halovatda yaşaşni közlagan bu kimsalarning qilmişlari sudda körib çiqilib, ularga munosib jazo tayinlandi. Ra'no Adizova va Qosim Ösarovlarning har biri sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.












