AQŞ hukumati sanksiyalar röyxatiga IŞIDning 3 qömondonini kiritdi. Bu haqda AQŞ davlat departamenti bayonotida aytildi.
Hujjatga köra, gap Muhammad Şafi Armar, Usama Ahmad Atar va Muhammad Iso Yusuf Sakar al-Binali haqida ketmoqda.
"Bu çoralarga köra, AQŞ fuqarolari Armar, Atar va Binali bilan aloqaga kirişişlari va tranzaksiyalar amalga oşirişlari taqiqlanadi hamda bu şaxslarning AQŞ yurisdiksiyasiga tuşuvçi barça mol-mulki va manfaatlari muzlatildi", deyilgan bayonotda.
AQŞ davlat departamenti ma'lumotlariga köra , Armar IŞIDning Hindistondagi bölimini boşqaradi va bu davlatdagi IŞIDga yollovçi boş şaxs hisoblanadi. Armar teraktlarga tayyorgarlik köriş, qurol-aslaha xarid qiliş va terrorçilarni tayyorlaş lagerlari uçun joy qidiriş uçun javobgar önlab jangarilarni yollaşga muvaffaq bölgan.
Atar esa Yaqin Şarq mintaqasi sarhadlaridan taşqarida operatsiyalarni amalga oşirişga ixtisoslaşgan, IŞIDning yuqori lavozimdagi qömondonlaridan biri bölgan. Jumladan, u 2015 yil noyabrda Parijdagi va 2016 yil martda Bryusseldagi teraktlar yetakçi koordinatori hisoblanadi va u Parijdagi teraktlarga bir neça jangari va Bryusselga ikki xudkuşni jönatgan.
Al-Binali esa 2014 yilda Bahrayndan IŞIDga qöşiliş uçun çiqib ketgan. Keyinroq u IŞIDning taşviqot videoyozuvlarida paydo bölib, Bahrayn aholisini, ayniqsa xavfsizlik xizmati xodimlarini IŞIDga qöşilişga çaqirgan.












