Avtonom işlaş vaqti – uçuvçisiz boşqariladigan uçar qurilmalar uçun juda muhim körsatkiç. Şuning uçun bunday qurilmalar konstruksiyasida köproq quyoşli batareyalar işlatiladi. Xitoy fazoviy aerodinamika akademiyasi mutaxassislari şunday modellardan birida sinov ötkazişdi. Ular tomonidan işlab çiqilgan qurilma soatiga 200 kilometr tezlikka yetişi va havoda bir neça oy davomida qolişi mumkin.
Xitoy uçar qurilmasi Caihong-T4 (CH-T4) nomini oldi hamda uning qanotlari uzunligi 40 metrga teng. Parvozning maksimal balandligi 20 kilometrni taşkil etadi. Parvoz uçun parraklarga ega 4 juft elektr dvigatellaridan foydalaniladi, ular qurilma qanotining ustki qismida örnatilgan quyoşli batareyalardan quvvat oladi. Şuningdek, CH-T4’ning har bir qanoti parvoz şaroitidan kelib çiqqan holda öz şaklini özgartirişi mumkin. Qurilma oğirligi 500 kilogrammga teng. Akkumulyatorlar kunning yoruğ qismida quvvat oladi, hamda ularning zaxirasi CH-T4 öz funksiyasini keçqurun bajarişda davom etişiga ham yetadi. Loyihaçilarning xabar berişiça, uçuvçisiz boşqariladigan uçar qurilma maksimal balandlikda taxminan million kvadrat kilometr joyni “körişi” mumkin.
zzzzxxxxccc1.jpg&w=1200&q=75)
zzzzxxxxccc2.jpg&w=1200&q=75)
Ta'kidlab ötiş joizki, bu şunday turdagi birinçi va eng katta uçar qurilma emas. NASA’ning Helios Prototype qurilmasi qanotlari uzunligi 75 metr bölib, maksimal parvoz balandligi - 30 kilometrni taşkil qiladi. Uçuvçisiz boşqariladigan uçar qurilmalarning bunday turi "atmosfera yöldoşlari" degan nomni ham oldi. Ular josuslik qiliş va kuzatuv olib borişda ayniqsa qöl keladi.












