Kuni keça Toşkent şahrida «Qişloq xöjaligida qiymat zanjirini rivojlantiriş» har yilgi gilos tanlovi bölib ötdi. U yerda butun Özbekistondan keltirilgan gilosning önlab turlari namoyiş etildi. Gilosni yetiştiriş, qadoqlaş, saqlaş va taşiş böyiça usta-darslari hamda yangi uslublar namoyiş etildi, deb xabar berdi Kun.uz’ga «Özagroeksport» matbuot xizmati.

Bugungi kunda Özbekiston gilos yetiştiriş böyiça dunyoda beşinçi örinda turadi – yiliga 100 ming tonna. Undan kamida 30 foizi har yili MDH va uzoq xorij davlatlariga eksport qilinadi.

Faqatgina 2016 yilning özida 50 mln. dollarlik özbek gilosi eksport qilindi.

Şu bilan birga, «Özagroeksport» AJ tomonidan mahallliy muassasalar bilan hamkorlikda nafaqat eksport hajmini oşiriş, balki özbek gilosi eksporti geografiyasini kengaytiriş va diversifikatsiyasi böyiça ham işlar olib borilmoqda.

Masalan, joriy yilda asosiy eksport qilinuvçi davlatlardan taşqari, yangi gilos Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, BAA va boşqa mamlakatlarga yuborildi.

Şuni ta'kidlab ötiş joizki, Koreya tomonining talablari jiddiy örganib çiqilganidan söng, mas'ul muassasalar sa'y-harakati bilan özbek gilosini Janubiy Koreyaga eksporti taqiqi olib taşlandi. Eksport şartnomalari imzolandi va barqaror taşuvlar yölga qöyildi.

Bundan taşqari, koreyalik şeriklar bilan anor va qovun eksporti böyiça kelişuvga erişildi.

Marketing tadqiqotlariga köra, Boltiqböyi, Yevropa va Janubi-şarqiy Osiyo davlatlarida Özbekistonning yangi va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari katta talabga ega bölmoqda.

Şu nuqtai nazardan, xorijda yangi şeriklarni qidirib topiş böyiça faol işlar olib borilmoqda. BAA, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Germaniya va boşqa mamlakatlar kompaniyalari bilan eksport hajmini oşiriş masalasi örganilmoqda.