Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev X-Ostona iqtisodiy forumida xalqaro kriptovalyuta yaratiş vaqti kelganini ma'lum qildi.

«Xalqaro hisob-kitob birligini joriy etiş haqidagi masalani jiddiy körib çiqiş vaqti keldi. U dunyoni valyuta uruşlari, savdo munosabatlaridagi anglaşilmovçiliklar, çayqovçilikdan qutqaradi, bozordagi özgarişlar ehtimolini pasaytiradi», - dedi u.

Nazarboyevning işonç bildirişiça, bunday valyuta «emissiyaning oddiy transparant mexanizmiga ega bölişi kerak, u özining iste'molçilari nazoratida» turişi kerak.

«Raqamlaştiriş, blokçeyn kabi texnologiyalar rivojini e'tiborga olsak, bunday hisob-kitob birligini kriptovalyuta körinişida yaratiş mumkin. Muhimi, u aniq aktivlar orqali ta'minlaşga asoslangan bölişi lozim», - deya qöşimça qilib ötdi u.

Qozoğiston prezidentining ta'kidlaşiça, global valyutani markaziy banklar örtasida kelişuvni, masalan, BMTning maxsus taşkil etilgan qömitasida joriy etiş orqali yaratiş mumkin.

«(Uşbu taşkilotda – tah.) barça davlatlarning teng huquqli, adolatli vakolatxonalari va uning missiyalari bölişi kerak. Masala, albatta, oddiy emas. Biz muloqot qilişimiz va uning yeçimini topişimiz kerak», - deya xulosa qildi Nazarboyev.