Kun.uz tahririyatiga öqituvçilar tomonidan besabab haşarga çiqarişlar, ta'mirlaş işlariga jalb etişlar, pul yiğimlari va şu kabi muammoli masalalar yuzasidan murojaatlar kelişi davom etmoqda. Ana şunday maktublardan birida şunday deyiladi:
“Assalomu alaykum. Biz Nukus şahar maktab öqituvçilari nomidan yozayapmiz. Har yili yoz oylarida maktab ta'mirlaşlari boşlanadi. Buning uçun maktab direktori tomonidan har bir öqituvçiga quriliş materiallari olib keliş topşiriladi. Ya'ni har bir öqituvçi kamida bir quti böyoq, çyotka olib kelişi va uç nafar öqituvçi ustalarning bir kunlik ovqatini qilib kelişi kerak böladi. Bu işlarning hammasiga kamida 150-200 ming pul sarf qilamiz.
Özi yaqinda paxta dalasidan qaytdik. U yerda 20 kun böldik. May oyining maoşi töliq şu işlarga sarflandi. Bundan taşqari, maktab direktori ikki kun oldin yiğiliş qildi. Barça ingliz tili öqituvçilari öziga biriktirilgan sinflarni 1 iyulgaça yaxşilab ta'mirlaşi kerakligi aytildi. Şundan keyin mehnat ta'tiliga ketasizlar deyişdi.
Har yili yozda özimizga biriktirilgan sinfni ta'mirlaymiz. Ayniqsa, ingliz tili öqituvçilariga qiyin. Har yili mana şunday işlarga bir oylik maoşimiz sarf bölib ketadi. Aybimiz ingliz tili öqituvçisi bölganimizmi bilmadik. Axir maktab va sinflardagi ta'mirlaş işlari rahbariyat tomonidan amalga oşirilişi kerak emasmi?
Ayni kunlarda yangi maşmaşa bölib turibdi. Bizga yuqoridan ingliz tili xonalari uçun yangi körinişdagi ta'mirlaşning suratlarini körsatişdi va ötgan yili ta'mirdan çiqqan xonalarni ana şu körinişga keltirasizlar deyişdi. Yana ta'mirlaşmi, desak iş kerak bölsa qilasizlar, bu topşiriq yuqoridan keldi, deyişdi. Şu gap rostmi? Har juma kuni ingliz tili öqituvçilarining öqişi böladi. Hamkasblar şu haqida gaplaşamiz, barça maktabda şu ahvol ekan.
Bunisi hali xolva. Maktab öqituvçilariga na bayram, na rağbatlantiriş puli umuman berilmaydi. Hatto 1 oktabr - Öqituvçilar bayramida ham. Iltimos, xalq ta'lim vazirligidagi mutasaddi vakillar bu işga öz e'tiborlarini qaratişsa, adolat örnatilsa”.
Murojaat ançayin jonli yozilgan. Barça faktlar keltirib ötilgan. Sönggi paytlarda öqituvçilar tomonidan yuborilayotgan şikoyatlarni örgana turib, inson xayoliga ğalati xulosa yopişib oldi. Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan xalq ta'limi tizimida körsatib berilgan islohotlarni amalda qöllaşda yoki anglaşmovçilik bölyapti yoki xulosa notöğri çiqarilgan. Öylaymizki, yakunda barça işlar aynan nazarda tutilgani kabi çiroyli böladi.











