Jahon intellektual mulk taşkiloti (JIMT) qator hamkor tadqiqot markazlari bilan birgalikda mamlakatlarning innovatsion rivojlanişiga doir reytingini tuzdi. JIMT matbuot xizmati uşbu röyxatni taqdim etdi. 

Global reytingning ilk uç örni Şveytsariya (1-örin), Şvetsiya (2) va Niderlandiya (3)ga nasib etdi. Ta'kidlaş joizki, Şveytsariya yetti yildan beri mazkur reytingda yetakçilik qilib keladi. 

AQŞ ham 2016 yilgi reytingdagi örnini saqlab qolib, törtinçi öringa joylaşdi. Beşinçi örinda Birlaşgan Qirollik nomi qayd etildi, bu mamlakat ötgan yilgi reytingda kuçli uçlikka kiritilgandi. Reytingning oltinçi örnida esa Daniyani köriş mumkin. Daniya ötgan yilga nisbatan ikki poğona kötarilgan. 

Innovatsion rivojlangan davlatlar reytingining kuçli önligidan şuningdek, Singapur (7), Finlyandiya (8), Germaniya (9) va Irlandiya (10) mamlakatlari örin olgan. 

Osiyo qit'asidan yetakçilar - Singapur (7), Janubiy Koreya (11) va Yaponiya (14). 

127 mamlakat iştirokidagi reytingni tuzişda institutlar, ta'lim va infratuzilmaning rivojlanişi, biznes uçun yaratilgan şaroitlar kabi omillar inobatga olingan. Reytingni tuzişda mualliflar 30dan ziyod davlat va xususiy manbalar ma'lumotlariga asoslanişdi. Joriy yildagi tadqiqotning asosiy mavzusi - qişloq xöjaligi va oziq-ovqat işlab çiqarişda innovatsiyalarning qöllanişi. 

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan röyxatning 78-örnida Qozoğiston, 93-örnida Tojikiston va 94-örnida Qirğiziston nomlari keltirilgan. Özbekiston va Turkmaniston reytingda yöq.