Samarqand şahar markazida yirik sport majmuasi barpo etiladi. Bu haqda şahar hokimi V.Rahimov 16 iyun kungi matbuot anjumanida jurnalistlarga gapirib bergan.

Samarqand şahar hokimi V.Rahimovning aytişiça, tasdiqlangan loyihaga köra yangi sport majmuasi şaharning Böstonsaroy köçasida joylaşgan «Spartak» stadioni örnida barpo etiladi. Buning uçun Birlik va Çelak köçasi oraliğidagi ayrim uylar, jumladan, viloyat xalq ta'limi boşqarmasi binosi buziladi.
Umumiy maydoni 6 gektarni taşkil etadigan sport majmuasida turli sport turlaridan, jumladan, yengil atletika, voleybol, basketbol, futbol kabi respublika va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarini bemalol ötkaziş mumkin böladi.











