Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev yaqin kunlarda Toşkent şahrining Uçtepa tumaniga taşrif buyuradi. Bu haqda «Kun.uz» manbalari xabar bermoqda.

Taşrif davomida davlat rahbari olib borilayotgan islohotlar bilan tanişadi, şuningdek, tumandagi işlab çiqariş korxonalarida böladi.

Hozirda tumanda taşrifga tayyorgarlik körilmoqda, tumanga olib boradigan yöllar (Muqimiy, Çöponota, Kiçik halqa köçalari) atrofida keça-yu kunduz obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, Uçtepa tumaniga aprel oyida Şavkatbek Turdiyeviç Irgaşev hokim etib tayinlangandi.