Şavkat Mirziyoyev Uçtepa tumaniga taşrifi çoğida «Vatanparvar» mahallasi hududidagi «Vatanparvar inoq kommunalçi» xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati faoliyati bilan tanişdi.
«2010 yilda taşkil etilgan uşbu şirkat tumandagi eng namunali xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlaridan biri. Şirkat joylaşgan 38-uyning kiriş yölaklari zamonaviy uslubda ta'mirlangan, uyga tutaş hudud obodonlaştirilgan. Köp qavatli uyning old qismi va yölaklarga videokuzatuv örnatilgan. 60 xonadonga xizmat körsatuvçi şirkatda kommunal tariflar aholi uçun qulay narxlarda işlab çiqilgan.
Şirkatning öz mablaği hisobidan uç yil ilgari uyning tom qismi mukammal ta'mirlangan, yölaklarga zamonaviy eşiklar örnatilgan. Uy oldida qurilgan avtoturarjoy şu yerda yaşovçi aholiga bepul xizmat körsatadi. Turli attraksionlar, öyin qurilmalari bilan jihozlangan bolalar maydonçasi nafaqat bolalar, balki kattalarning ham bahri dilini oçadi», deyiladi ÖzA xabarida.
Prezident xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati rahbari Svetlana Orlova bilan şirkat faoliyati, köp xonadonli turar joylarda aholining uy-joy şaroitini yaxşilaş böyiça qilinayotgan işlar haqida suhbatlaşdi. Şirkat xodimlari va xonadon sohiblarining qöl mehnati bilan obod maskanga aylangan bunday şirkatlar tajribasini örganiş, uni boşqa tumanlarga ham keng tarğib etiş zarurligi ta'kidlandi.
«Işlayman, yarataman degan odamga köp narsaning keragi yöq. Oddiy qöl mehnati, köpçilikning sa'y-harakati bilan özi yaşayotgan hududni şunday saranjom-sarişta, fayzli maskanga aylantirayotgan yurtdoşlarimiz köpayayotgani bizni quvontiradi», — degan Şavkat Mirziyoyev.












