Şu yilning sentabr oyida Özbekiston futbol federatsiyasida navbatdagi Konferentsiya bölib ötadi. Bu haqda ÖFF Ijroiya qömitasi byurosining qarori qabul qilgan.
Taşkilot matbuot xizmati bergan xabarga köra, Konferentsiya kun tartibidan taşkilot prezidentligi va boşqa rahbarlik lavozimlari uçun saylov ötkaziş örin olgan.
Şuningdek, ÖFF strukturasini özgartiriş va kadrlar masalasini qayta körib çiqiş, mamlakat futbolini isloh qiliş böyiça dasturlarni tuzib çiqiş kabi dolzarb masalalar körib çiqiladi.
Biroz oldinroq ÖFF matbuot xizmati milliy terma jamoa boş murabbiyi Samvel Babayanga vazifalarni bajariş uçun imkon berilişi va u kamida 5 sentabrga qadar boş murabbiy bölib qolişini ma'lum qilgandi.
Ma'lumot uçun, ÖFFga 2006 yildan buyon Mirabror Usmonov boşçilik qilib kelmoqda. Oxirgi vaqtlarda uning soğligi yomonlaşgani haqida xabarlar tarqalgan. U şu yilning yanvarida Milliy olimpiya qömitasi rahbarligidan ketgandi va uning örniga «Özbekneftgaz» rahbari Alişer Sultonov tayinlangandi.












