«Bir kuni meni Islom aka yonlariga çiqarib, «Futbolni ham özingiz oling» deb taklif qildilar. Rostini aytaman, bolaligimda «Paxtakor» stadionida öynab, katta bölganmiz. Har safar biror öyindan keyin stadionga kirib, muxlislardan böşagan limonad şişa idişlarini örtoqlarim bilan yiğiştirib çiqardik. Keyin, ularni magazinga topşirib, yaxşi pulga sotardik va muzqaymoq olib yerdik. Mening şu paytgaça futbol bilan boğliqlik joyim faqat şu voqea edi, xolos. Men bir savdogar odam bölsam. Futbolni qanday eplayman? Men Islom Abduğaniyeviçga ham şularni aytdim, lekin qabul qilmadilar».

2013 yilning dekabrida hamkasblarim Olimxöja Böronov, Bobur Akmalov va Nodirxöja Yöldoşev va men, birgalikda ÖFFning öşa paytdagi rahbari Mirabror Usmonov qabulida bölganimizda suhbat şunday boşlangandi. Suhbat uzoq davom etgan. Bir paytlar, prezident unga futbolni boşqariş taklifini berganida, futbol haqida faqatgina bolalikdagi bir voqeanigina eslay olgan Mirabror aka ÖFFdagi uzoq yillardan söng, soatlab futbol haqida gaplaşib ötira oladigan bölgandi...

Bilasizmi, futbolni boşqariş uçun uni tuşuniş kerak, şu soha içida pişib yetilgan mutaxassis bölişi lozim, degan fikrlar köp yangraydi. Yevropada ham bu lavozimda asosan sobiq futbolçilar yoki şu sohada katta tajriba töplagan mutaxassislar faoliyat olib borişadi. Mirabror Usmonov buning aksini, ya'ni ba'zi şartlarda, futboldan uzoq inson ham bu sohada muvaffaqiyat qozonişi mumkinligini isbotladi. Ba'zi şartlar deganim, tan oliş kerak, Özbekiston – şarq, ikkinçidan esa, albatta, şaxsning mana şu faktga bölgan munosabati. Ya'ni, Mirabror Usmonov ham buni bilar, tan olardi. Uni tanqid qilgan bir neça yoş jurnalistni çaqirib, tortinmasdan futboldan uzoq odam bölganini tan olyaptimi, demak özi uçun ham buni qabul qila olgan. Bu juda muhim.

Inson hamma narsani tuşunaman, bilaman deb öylay boşlasa va atrofidagilardan buni tasdiqlatib olsa, yomon. Menimça, Usmonov mana şu çegaradan ötmagan, balki şuning uçun ham malakali kadrlarni qadrlagan. Uning haqiqatdan ham muvaffaqiyatga erişganini esa, isbotlaş qiyin emas. U futbolimizga ba'zi jihatlarni olib kira oldiki, oradan ança yil ötib bular biz uçun oddiy holga aylandi.

SALOBAT

Futbolimiz turli davrlarni boşdan keçirgan. Uning taqdiri biror çet ellik murabbiyning qoş-qovoğiga boğliq bölib qolganini ham, masalan, terma jamoa murabbiyi qaysi klubda işlasa, öşa klubning orqasidan boş jamoamiz ergaşib yurganini ham körganmiz. Nafaqat mamlakat futboli, balki ÖFFning özi ham moddiy ta'minlanmagan, juda abgor holatda edi.