Agar suv ostida yugurişga harakat qilib körgan bölsangiz, uning qarşiligi tufayli bu qiyin iş ekanini yaxşi bilasiz. Biroq buning ham ijobiy jihatlari bor ekan. Yaxşi jismoniy tayyorgarlikka ega kişilar şu tariqa suvda tetiklanib olişlari mumkin. Eng yaqin suv havzasigaça masofa uzoq bölsa, Water Walker yuguriş yölakçasi bu muammoni hal qilişi mumkin. Hi-News'da şu haqida xabar berildi. 

Ha, Water Walker — harakatlanuvçi tubga ega suv töldirilgan katta idiş - yuguring va çömiling. Odatiy yuguriş yölakçalari kabi unda ham tub harakat tezligi boşqariladi, suvning qarşi oqimini yaratiş va ularning intensivligini nazorat qiliş imkoni mavjud. Duş kabinalari va jakuziga xos bölgan boşqa sozlamalari ham bor.

Qurilma ikki xil variantda işlab çiqariladi: birinçisi suv ostida soatiga 2,5 kilometr tezlikda harakatlaniş imkonini beradi. Pro-versiyasi esa soatiga 6,5 kilometrga erişişga qodir va u suv ostida suziş veteranlari uçun möljallangan. Yana bir muhim ijobiy jihati: agar çarçagan bölsangiz, Water Walker sizga spa-rejimni yoqib, dam olişga şaroit yaratadi.