UFC prezidenti Dana Uayt aralaş yakkakuraş yulduzi, amaldagi jahon çempioni Konor Makgregor amerikalik boksçi Floyd Meyvezer bilan jangda raqibiga oyoq yoki tirsak bilan zarba bersa, qanday çoralar körilişi haqidagi savolga javob berdi.
"Bu yuz bermaydi. Şartnomada bunday xatti-harakatlar uçun köriladigan sanksiyalar aytib ötilgan. Agar şunday holat yuz bersa, unda Makgregor sud oldida javob beradi. Agar u taqiqlangan zarba bersa, u juda yaxşi köradigan ança puldan mahrum böladi", deb Uayt aytgan sözlarni keltirib ötdi The Mirror naşri.
15 iyunda Meyvezer va Makgregor örtasidagi jang Las-Vegasdagi MGM Grand arenasida 26 avgustda bölib ötişi ma'lum böldi. Jang boks qoidalari böyiça ötadi.
Avvalroq Menni Pakyao promouteri Bob Arum Makgregor va Meyvezer örtasidagi jangni attraksion deb atagandi.












