Toşkent şahar IIBBda profilaktika kuni munosabati bilan matbuot brifingi bölib ötdi. Unda şahar IIBB tomonidan jinoyatçiliklarning oldini oliş, uning profilaktikasi böyiça axborot berildi.
Xususan, 2017 yilning 08 iyun kuni, Yunusobod tumani hududida noma'lum şaxs fuqaro D.ga, özini “tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi” deb taniştirgan holda aldov yöli bilan xonadonga kirib, Davronovning hayoti va soğligi uçun xavfli bölgan zörlik işlatib, xonadondan 1 mln söm va 400 AQŞ dollari miqdoridagi naqd pullarni bosqinçilik yöli bilan egallab voqea joyidan yaşiringan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan JKning 164-moddasi 3-qismi (bosqinçilik) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan. Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida 9 iyun kuni, mazkur jinoyatni sodir qilgan - 1971 yilda tuğilgan Möminov Azim Jumaniyozoviç qölga olinib, undan daliliy aşyo sifatida pul mablağlari olindi. Möminovga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilib, hozirda uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.
2017 yilning 11 iyun kuni, Yaşnobod tumanida muqaddam talonçilik jinoyati uçun sudlangan Radjapov Jamoliddin jinoiy şerigi Junisov Jumadilla bilan birgalikda fuqaro Isayevga piçoq tirab, hayot va soğliq uçun xavfli bölgan zörlik işlatib, bahosi 1mln 500 ming sömlik “LG G-3” rusumli uyali telefon apparatini bosqinçilik yöli bilan talon-toroj qilib, voqea joyidan yaşiringanlar.
IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida Radjapov va Junisovlar qölga olinib, ulardan “LG G-3” uyali telefon apparati daliliy aşyo sifatida olindi.
Yaşnobod IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 164-moddasi (ya'ni, bosqinçilik) alomatlari bilan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida uşbu şaxslar, 10 iyun kuni fuqaro Rinatovga nisbatan aynan şu usulda bosqinçilik sodir etib, “Redmi-4” rusumli uyali telefon apparati va 50 ming söm miqdordagi naqd pullarini talon-taroj qilganliklari aniqlangan. Ulardan “Redmi-4”rusumli uyali telefon apparati daliliy aşyo sifatida olingan.
Hozirda mazkur jinoiy guruh a'zolariga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilib, ularning boşqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekşirilmoqda.













