Raim Jumanov (ism-familiyasi özgartirilgan) maktab direktori lavozimida binoyidek işlab kelardi. Keyinçalik uni nima jin urib, maktabda işlamagan ukasiga 319 ming 632 sömlik iş haqi yozdi. Kelinini ham farroş sifatida işga qabul qilib, unga 449 ming 120 söm iş haqi töladi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Bulardan taşqari, uning xorijda işlagan ayrim fuqarolar uçun iş haqi yozib, byudjyetdan ajratilgan birinçi darajali tölovlar uçun 15 mln. 421 ming 818 sömlik pul mablağlarini talon-toroj qilgani aniqlandi.
Bundan taşqari, Raim Jumanov tegişli qonun hujjatlariga zid ravişda öziga va bir neçta öqituvçilarga rağbatlantiriş va moddiy pullarni tölagani oqibatida 5 mln. 243 ming 141 sömlik mablağning notöğri tölanişiga sababçi bölgani ma'lum böldi.
Şuningdek, uning maktab öqituvçilariga ustama haqlarining va 16 nafar öqituvçiga iş haqlarining notöğri tölanişiga yöl qöygani natijasida 24 mln. 850 ming 291 sömlik özgalar mulkini özlaştiriş va rastrata yöli bilan talon-toroj qilingani aniqlandi.
Sud tomonidan uşbu qonunbuzarga nisbatan odilona hukm öqildi.












