Qatar hukumati Bahrayn içki işlariga aralaşgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Mamlakat TIVning xabar berişiça, Bahraynning BNA rasmiy axborot agentligi Qatar sobiq amiri Hamad bin Xalifa ol Soniyning maslahatçisi – Hamad bir Xalifa al-Atiyyaning Bahraynning “Vifak” partiyasi yetakçilaridan biri Hasan Ali Juma bilan suhbati matnini notöğri talqin qilgan.

2011 yildagi suhbat matniga köra, rasmiy Doha göyoki “Vifak” partiyasini qöllab-quvvatlaşga tayyorligini ma'lum qilgan hamda şu tariqa Bahrayn içki işlariga aralaşmoqçi bölgan.

Qatar TIVning xabar berişiça, 2011 yilda, Bahraynda norozilik namoyişlari yuz berganda, Doha mojaroda iştirok etgan tomonlar örtasida haqiqatdan ham vositaçi bölgan. Biroq barça aloqalardan Manama hukumati xabardor bölgan.

Şu bilan birga, Bahraynga qöşinlar kiritiş haqidagi qarordan söng, Dohaning vositaçilik sa'y-harakatlari töxtatilgan. “Qatarning siyosati yaxşi qöşniçilik va boşqa davlatlar içki işlariga aralaşmaslik prinsiplariga asoslangan”, - deya ta'kidlab ötişgan mamlakat taşqi siyosat idorasida.