Çilidan Moskvaga Konfederatsiyalar kubogini yoritiş uçun kelgan jurnalist mahalliy taksiçi tomonidan aldandi.
U «Domodedovo» aeroportidan şahar markazidagi mehmonxonaga qadar kelgaç, taksiçi undan yöl haqi sifatida 50 ming rubl (900 dollar) undirgan.
Çililik boşqalardan haqiqiy narx haqida bilgaç, politsiyaga murojaat qilgan.
Köp ötmasdan politsiya uşbu ta'magir haydovçini qölga olgan.
«Qölga olingan şaxs Moskva viloyati fuqarosi bölib, u çililik jurnalistni «Mersedes» avtomobilida manzilga yetkazib qöygan. Hozirda gumonlanuvçi politsiya bölimida körsatma bermoqda.
Unga nisbatan RF Jinoyat kodeksining 159 moddasi, 2 qismi böyiça («Tölovlardagi firibgarlik») jinoiy iş oçilgan», — deyiladi Rossiya IIVning Moskva böyiça bölimi sayti xabarida.
RF Jinoyat kodeksiga köra, bunday turdagi firibgarlik uçun 300 ming rublgaça jarima qöllanadi yoki huquqbuzar 480 soatlik majburiy mehnatga jalb etiladi.













