Çililik jurnalist Diyego Gaspara Mirandadan Moskva viloyatidagi Domodedovo aeroportidan Moskvadagi "Kraun Plaza" mehmonxonasigaça bölgan yöl uçun 50 ming rubl olgan taksiçi politsiya tomondan uşlandi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. Ta'kidlanişiça, aeroportdan mehmonxonagaça yöl 50 km ni taşkil qiladi. 

Jurnalist Moskvaga 16 iyunda Rossiyada bölib ötadigan Konfederatsiyalar kubogini yoritiş uçun kelgan. U taksiçiga 60 ming rubl bergan, taksiçi esa yöl haqi uçun 50 ming rubl olib qolib, 10 ming rubl qaytim bergan. Ya'ni taksiçi 50 km yöl uçun joriy kurs böyiça taxminan 900 dollarga yaqin pul olgan. 

Biroq çililik, körinişiça, valyutalar kursidan xabar topgaç, aldanganini payqab, politsiyaga murojaat qilgan.

Taksiçi Moskva viloyatida yaşovçi erkak bölib çiqqan. U Radio Chili jurnalistini manzilga Mercedes maşinasida eltib qöygan. Ayni vaqtda gumonlanuvçi politsiya bölimida uşbu holat yuzasidan körsatma bermoqda. Unga nisbatan "Tölovni olişda firibgarlik qiliş" moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan. 

Konfederatsiyalar kubogi 17 iyunda start oladi. Musobaqalar Moskva, Qozon, Soçi va Sankt-Peterburgda bölib ötadi. Chili V guruhida Kamerun, Avstraliya va Germaniya bilan birga öynaydi. A guruhida esa Rossiya, Yangi Zelandiya, Portugaliya va Meksika özaro bahs olib boradi.