Ölkamizda Ramazon şukuhi kezib, dillarni ravşan etayotgan ekan, bu oyning fazlu marhamati sabab ma'rifiy mavzularda suhbatlaşilmoqda, fikrlar almaşilmoqda, iymonlar yanada quvvatlanib, ilm ziyosi oşmoqda. Ana şunday fayzli suhbatlardan biri Kun.uz jurnalisti va Toşkent şahar boş imom-xatibi örinbosari, poytaxtning “Xöja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi Rahmonov örtasida bölib ötdi.
Rahimberdi Rahmonov imom-xatiblarning ijtimoiy hayotdagi örni haqida sözlar ekan şunday fikrlarni bildirdi:
“Özbekistonda faoliyat yuritayotgan din ulamolari, ilm egalari va ustozlarning örni beqiyos”, - dedi Rahimberdi Rahmonov. - “Tarix davomida biz ulamoga ergaşganmiz, ilmni qadrlaganmiz, olimlarni yaxşi körgan xalqmiz va aynan mana şu bilan daraja topgan xalqmiz. Bugungi mustaqillik zamonida ham, şukrlar bölsinki, imom-xatibning sözi baland. Mustabid zamonida imom-xatib faqat özining masjidida gapira olgan, boşqa yerlarda gapirişga unga ruxsat berilmagan. Bugunçi? Bugun hokimiyatdami, öquv dargohlaridami va yoki boşqa biror tadbirda böladimi imom-xatiblar iştirok etmoqda, ularning sözi zalvorga ega bölyapti. Odamlar bu gaplarni jon quloqlari bilan eşitib, tinglaşmoqda.
Marhum Yurtboşimizning eng katta taşabbuslari bu ma'naviyatimizni yuksaltiriş böldi. Bizning ma'naviyatning özagi esa din hisoblanadi. Biz dindan ayro daraja topmagan xalqmiz. Tarixga nazar taşlaydigan bölsak, har qanday sohada u siyosiy bölsin, iqtisodiy bölsin, diniy bölsin iymon bilan yaşab, hayot tarzini ötagan holda yuksak darajalarga ega bölganmiz.
Biz huquqiy-demokratik davlatmiz. Bu degani biz dindan yiroqmiz, degani emas. Muhtaram Yurtboşimiz har kuni “bismillah” deyaptilar, din ulamolarini qutlayaptilar. Borgan viloyatlarida kamida bittadan maqbarani ziyorat qilib, ularning obodonçiligiga e'tibor qaratmoqdalar.
Çunki ertangi kunda ma'naviyatimiz bilan boğliq bölgan hurriyat, farzandlarimizning salohiyati, tarbiyasi, ertaga uluğ daraja topişimizdagi tamal toşi iymondan ayro bölmagan hayot ekanligini barça anglab yetyapti”.
Kitobxonlik madaniyati va tarğiboti haqida töxtalar ekan Rahimberdi Rahmonov quyidagilarni ta'kidladi:
“Kitobxonlikka davlat darajasida tarğibotning boşlanişi – uluğ harakat. Kitob öqigan millat – uluğ millat böladi. Dunyoning qudratli mamlakatlari nima bilan qudratli, ilm bilan... Bundan 3-4 asr muqaddam eng katta strategiya – hudud hisoblangan. Bu, öz navbatida, mustamlakaçilik siyosatining boşlanişiga olib kelgan. Keyingi davrlarda bu kuraş maqsadi yer osti boyliklariga qaratildi. Bugungi kunda, ya'ni 21-asrda eng katta strategiya bu ilm bölyapti.













