AQŞ prezidenti Donald Tramp Barak Obama ma'muriyatining Vaşington va Gavana örtasidagi munosabatlarni normallaştiriş haqidagi Kuba bilan bir tomonlama tuzilgan bitimini bekor qilişini ma'lum qildi.  

"Men avvalgi ma'muriyat tomondan tuzilgan Kuba bilan bir tomonlama bitimni bekor qilaman", deb aytgan Tramp Mayamidagi çiqişi vaqtida va uning bu qarori zudlik bilan kuçga kirişini ta'kidlab ötgan.

"Men bugun saylovoldi kampaniyamda va'da qilgan yangi siyosatni e'lon qilaman", deb aytgan Tramp.

Tramp Kubani ikki davlat xalqlari manfaatlariga javob beruvçi yangi kelişuvni işlab çiqişga çaqirgan. 

"Biz Kubani muzokaralar stoliga yangi kelişuv bilan ötirişga çaqiramiz", deb qöşimça qildi Tramp.

"Men Kuba hukumatiga aytaman: dissidentlar huquqlari buzilişini töxtating, siyosiy mahbuslarni ozod qiling, beayb odamlarni turmaga tiqişni bas qiling, siyosiy va iqtisodiy erkinliklar uçun oçiq böling, AQŞ qonunçiligidan yaşirinayotgan şaxslarni qaytaring", deb yuzlandi Tramp Kuba rahbariyatiga.

Tramp şuningdek Kubani Şimoliy Koreyaga qurol-aslaha sotişda va Venesueladagi vaziyatni izdan çiqarişda kömaklaşişda aybladi.

"Kastro tuzumi Şimoliy Koreyaga qurol-aslaha yetkazgan va Venesueladagi betartiblikka kömak bergan", deb qöşimça qildi Tramp.

AQŞ va Kuba diplomatik aloqalarni 1961 yilda Kuba ma'muriyati tomondan AQŞning oroldagi mol-mulki milliylaştirilgandan keyin uzgan. Öşanda Vaşington Kubaga nisbatan savdo-iqtisodiy embargo kiritişini ma'lum qilgan.