Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp tomondan turtib tashlangan Chernogoriya bosh vaziri unga minnatdorchilik bildirdi
Foto: NATO
Chernogoriya bosh vaziri Dushko Markovich Bryusselda NATO sammitida yuz bergan voqea uchun AQSh prezidenti Donald Trampga minnatdorchilik bildirdi. May oyida NATOning bosh qarorgohi ochilishi marosimi vaqtida Tramp bir guruh yetakchilar orasidan oldinga chiqish va NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg oldiga turish uchun o‘z oldida turgan Markovichni keskin tarzda chetga surib tashlagandi. Markovichning aytishicha, bu voqea uning davlatiga mashhurlik keltirdi. O‘shanda Trampning o‘zini bunday qo‘pol tutishi katta munozaralar keltirib chiqargandi. Markovich bu haqda Politico nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Aytishim mumkinki, mening ishtirokimdagi o‘sha voqea uchun juda minnatdorman. Chunki u bizga mashhurlik keltirdi. O‘sha voqea Chernogoriyani mashhur qildi", deb aytdi Markovich.
Mavzuga oid
16:51 / 14.10.2025
Chernogoriya o‘zbekistonliklar uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni bekor qildi
12:12 / 04.01.2025
Chernogoriya shov-shuvli qotillikdan so‘ng qurol haqidagi normalarni kuchaytiradi
10:38 / 02.01.2025
Chernogoriyadagi otishmada 12 kishi halok bo‘ldi
23:07 / 28.12.2024