Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) xabariga köra, Yamanda vabo epidemiyasi natijasida halok bölganlar soni 1054 nafarga yetgan.
JSST ma'lumotlarida ta'kidlanişiça, joriy yilning 27 aprelidan to hozirga qadar vabo epidemiyasi Yamanning 23 provinsiyasidan 20 tasida tarqalgan. Mamlakatda vabo bilan kasallanganlar soni 151 mingdan oşgani qayd etilgan.
Yaman aholisi mamlakatda toza içimlik suvining yetişmovçiligi natijasida avj olayotgan vabo epidemiyasi bilan kuraş olib bormoqda.
Yamanda 2014 yildan buyon harbiy mojaro davom etib kelmoqda, unda bir tomondan "Ansarulloh" şia harakati isyonçilari va Yaman prezidenti lavozimidan mahrum bölgan Ali Abdulloh Salim tarafdorlari, boşqa tomondan esa - prezident Abdurabbu Mansur Hadiyning sodiq tarafdorlari bölgan hukumat qöşini iştirok etmoqda.












