Ispaniya terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida birinchi uchrashuvni Makedoniya vakillariga qarshi o‘tkazdi.
Polshadagi Gdine shahrida joylashgan «GOSiR» stadionida kechgan uchrashuv ispanlarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. G‘oliblar safida Marko Asensio het-trik rasmiylashtirdi, Saul va Xerard Deulofeu ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida Portugaliya yoshlari serbiyalik raqiblarini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Endilikda V guruhida Ispaniya va Portugaliya 3tadan ochko jamg‘argan holda birinchi va ikkinchi o‘rinlarda joylashgan, Serbiya va Makedoniyada ochko yo‘q.
16 iyun kuni A guruhi bahslari o‘tkazilgandi. Turnir mezbonlari bo‘lmish Polsha terma jamoasi Slovakiyaga yutqazgan (1:2), Shvetsiya va Angliya yoshlari uchrashuvida hisob ochilmagan.
S guruhida bahslar endi bo‘lib o‘tadi, Germaniya Chexiya bilan, Daniya esa Italiya bilan o‘ynaydi.
Yevro-2017 U21
Guruh bosqichi, V guruhi, 1-tur
Ispaniya U-21 – Makedoniya U-21 5:0 (3:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 10 Saul, 2:0 – 16 Asensio, 3:0 – 35, penalti Deulofeu, 4:0 – 54 Asensio, 5:0 – 72 Asensio.
Ispaniya U-21 – Arrisabalaga, Valexo, Xorxe Mere, Gayya, Belerin, Markos Lorente, Saul, Asensio (Oyarsabal, 81), Denis Suares, Deulofeu (Sebalos, 63), Sandro Ramires (Inyaki Uilyams, 74).
Makedoniya U-21 – Aleksovski, Demiri, Zaykov, Beytulai, Bardi, Babunski (Kostadinov, 76), Markoski (Djordjyev, 46), Velkoski, Angelov (Elmaz, 46), Nikolov, Radeski.
Ogohlantirish: Xorxe Mere (2).
Portugaliya U-21 – Serbiya U-21 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 37 Gonsalu Gedesh, 2:0 – 88 Fernandesh.
Portugaliya U-21 – Brunu Varela, Ruben Semedu, Ie, Joau Kanselu, Rodriges, Joau Karvalyu (Sanshesh, 59), Fernandesh, Diogu Jota (Bruma, 46), Ruben Nevesh, Gonsalu Gedesh, Podense (Yuri Medeyrush, 68).















