“AKFA” kompaniyasi malakali nomzodlarni tanlaş va işga qabul qiliş hamda xodimlarining kasbga tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş huquqlarini ta'minlaş maqsadida “AkfaPro” nodavlat ta'lim muassasasini ta'sis qildi.
Ta'lim muassasasida tinglovçilar biznes menejmenti yönalişidagi bir neça mutaxassisliklar böyiça kasbga tayyorgarlik va qayta tayyorgarlikdan ötadilar, malakasini oşiradilar. Öquv markazini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovçilarga diplom va sertifikatlar beriladi, nomzodlar kompaniyaning Özbekiston Respublikasi hududida oçilgan va yangi oçilayotgan vakolatxonalarida iş bilan ta'minlanadi. Malakali kadrlarning samarali mehnatlari orqali, kompaniyada “AKFA” savdo belgisi ostida işlab çiqarilayotgan quriliş mollari (radiatorlar, kompozit panellar, alyumin va PVX profillari va furnituralari), keng hajmdagi “ARTEL” maişiy texnika buyumlari hamda yangi “AKFA FOOD LINE” oziq-ovqat mahsulotlarini viloyatlarga yetkazib beriş masalalari hal etiladi.

Ta'lim muassasasining uzoq muddatli – 1 yillik, 6 oylik hamda qisqa muddatli – 3 oylik va 1 oylik öquv dasturlari işlab çiqilgan.
Ayni vaqtda markaz xodimlari mamlakatimizning har bir mintaqasida 1 yillik “Mintaqaviy boşqaruv” kursiga bakalavr diplomiga ega nomzodlar uçun tanlov ötkazmoqdalar.
Tanlov quyidagi bosqiçlardan iborat:
- Nomzodlar ma'lumotnomalarini (obektivka) internet orqali [email protected], [email protected] elektron manzilga yuboriş.
- Oliy ma'lumotli, muayyan iş tajribasiga ega bölgan şaxslar marketing, iqtisodiyotni rivojlantiriş va kelajakdagi rejalari töğrisida özbek yoki rus tilida inşo yoziş.
- Ta'lim muassasasi vakillari tomonidan 1 va 2-bosqiçlardan ötgan nomzodlar bilan özbek yoki rus tilida suhbat ötkaziş.
Tanlovdan ötgan eng sara nomzodlar öqişga qabul qilinadilar.













