Ma'lumki, davlat rahbarining 2017 yil 14 martdagi “Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi  2829-sonli qarori asosida mehnat bozoridagi real iş örinlari va akademik litseylarning sifat körsatkiçi tahlil qilingan holda 18 ta akademik litsey kasb-hunar kollejlariga aylantirildi. 4 ta akademik litseyda  öquvçilar qabuli töxtatildi. 

Kelgusida ham hududlarning real iqtisodiyot tarmoqlarida barça sohalardagi kabi  örta maxsus ma'lumotli tibbiyot kadrlariga bölgan ehtiyojdan kelib çiqqan holda malakali kadrlar tayyorlaş tizimi isloh qilinib, yildan-yilga bosqiçma-bosqiç takomillaştirilib boriladi. 

Kun.uz’ga Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmatining xabar berişiça, yaqinda P.F.Borovskiy nomidagi Toşkent tibbiyot kollejining  faoliyati örganiş natijalari ham uşbu muassasada öquv tarbiyaviy jarayonni taşkil etişda jiddiy muammolar borligini körsatdi. Jumladan, kollejda 2 ming real öquvçi örni mavjud bölsa-da, bugungi kunda 3 ming 94 nafar öquvçi tahsil olmoqda. 

Kollejda öquvçilar soni uning quvvatiga nisbatan 1.5 barobar köpligi, guruhlarda öquvçilar soni örtaça  36-38 nafarni taşkil etişi, öquv xonalari yetişmasligi darslar 2 smenada taşkil etilişiga sabab bölgan. Bu esa öquvçilarning darsdan böş vaqtlarida tögarak maşğulotlariga jalb etilişini çeklab qöygan, ya'ni qöşimça maşğulotlarni ötkaziş uçun böş auditoriyalarga juda katta ehtiyoj sezilgan. 

Qolaversa, öquvçilar sonining köpligi jismoniy tarbiya darslarini sport zallarida taşkil etişda öquvçilarni töliq qamrab oliş imkonini bermaydi. Ya'ni, ayrim guruhlarga jismoniy tarbiya darslarini ötiş imkoni bölmagan. 

Bundan taşqari, kollejning faollar zali ham yöq. Bu holat öquvçilar örtasida ma'naviy-axloqiy, tarbiyaviy işlarni taşkil etiş, ota-onalar yiğilişlarini ötkaziş imkonini bermaydi. Ustiga-ustak, uç ming nafardan ortiq öquvçi tahsil oladigan uşbu  kollejning Axborot resurs markazi öquv zali bor yöği 34 öquvçiga möljallangan, xolos. 

Umuman, darslarning 2 smenada taşkil etilganligi, öquv xonalarining barçasi bandligi, ta'lim muassasasida öqituvçilarning öz ustida işlaşi, ota-onalar bilan işlaş, darsdan taşqari işlarni taşkil etiş, psixologik xizmat körsatiş, ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy işlarni taşkil etişda jiddiy muammolarni yuzaga keltirgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Toşkent şahridagi P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kollejiga 2017-2018 öquv yili uçun qabul töxtatilişi yuzasidan tegişli takliflar tayyorlandi. Mazkur takliflar Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi hamda Toşkent şahar hokimligi huzuridagi  9-sinf bitiruvçilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab oliş böyiça Muvofiqlaştiruvçi Kengaşga taqdim etildi.