Özbekistonda gaz omborlari quvvati bir neça barobarga  oşiriladi.  Xalqaro Press-klub yiğilişida "Özbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi vakillarining ma'lum qilişiça, bugungi kunda mutaxassislar oldiga Gazli va Hojiobod gaz omborlarining quvvatini oşiriş vazifasi qöyilgan. 

Omborlar quvvatining oşirilişi kuzgi-qişki mavsumda uzluksiz gaz yetkazib beriş hamda aholini gaz bilan ta'minlaş tizimini takomillaştirişga yönaltirilgan. 

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, Gazli omborining bugungi kundagi gaz işlab çiqariş quvvati 3 milliard kubometrga teng. Xolding xorijiy hamkorlari bilan birgalikda ombor quvvatini 10 milliard kubometr gazgaça oşirişni rejalaştirmoqda. 

Bundan taşqari, mustaqillik yillarida Farğona viloyatida qurilgan Hojiobod gaz ombori quvvati ham oşiriladi.

Özbekiston aholiga gaz yetkazib beriş kompleksini takomillaştirmoqda. Bugunga qadar 68,6 kilometr gaz quvurlari kapital ta'mirlandi, 171,9 kilometri esa qayta ta'mirlandi.