Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning 5 iyun kuni Özbekiston hukumati va Qozoğiston hukumati örtasidagi xalqaro avtomobil qatnovi töğrisidagi bitimga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqidagi bayonnomani tasdiqladi.
Eslatib ötamiz, hujjat Özbekiston rahbarining Ostonaga 2017 yilning 23 mart kuni amalga oşirilgan davlat taşrifi davomida imzolangan.
Prezident qarorida qayd etilişiça, kelişuv Qozoğiston bilan savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, turizm va atrof-muhitni muhofaza etiş, şuningdek, boşqa sohalardagi özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş va rivojlantirişga yönaltirilgan.
Mirziyoyev TIVga Qoğozistonga Özbekiston Respublikasi tomonidan körsatilgan xalqaro bitim kuçga kiriş uçun lozim bölgan içki davlat jarayonlari bajarilgani haqida bildirişnoma yuboriş vazifasini topşirdi.












