«Mançester Yunayted» «Real»dan Kriştianu Ronalduni sotib olişi haqiqatga yaqin.

Maşhur italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio Sky Sport Italia naşri orqali xabar berişiça, 32 yoşli portugaliyalik futbolçi öz agenti Jorjye Mendeşdan «MYu»ga ötişi uçun bor çoralarni körişni söragan.

«PSJ» Ronaldu uçun istalgan mablağni berişga tayyor bölib turibdi, ammo bu vaziyatda futbolçining istagi birinçi örinda turadi.

Sky Sports naşri manbasi ham Ronaldu  Angliyaga qaytişni istayotgani haqida xabar bergan. Ammo «Mançester Yunayted»dagilar bu vaziyatda xotirjamlik saqlaşga harakat qilişmoqda, klubdagilar Serxio Ramos voqeasi takrorlanişidan xavotirda.

Ronaldu «Mançester Yunayted» safida 2003 yildan 2009 yilgaça töp surgan, klub bilan 9 sovrin qölga kiritgan, jumladan Çempionlar ligasi ğolibligi va 3 marta Angliya çempionligi. Bundan taşqari u ilk «Oltin töp»ni şu jamoada olgandi.

«Real» hujumçisi Ispaniya prokuraturasi uni 14,7 million yevro miqdoridagi soliqni tölamaslikda ayblagaç, jamoadan ketişga qaror qildi. Ronalduning fikriça, Madrid klubi uni yetarliça qöllab-quvvatlamadi va himoya qilmadi.