Oxirgi 5 yil davomida AQŞdagi turmalarga dronlar yordamida kontrabanda yetkazilgan öndan köproq holat qayd qilingan. Bu haqda USA Today naşri xabar bermoqda.

AQŞ adliya vazirligining ta'kidlaşiça, dronlar yordamida AQŞdagi turmalarga mobil telefonlar, giyohvand moddalar, pornojurnallar yetkazib berilgan. 

"Fuqarolik dronlari borgan sari quvvatliroq, arzonroq va boşqarişda soddaroq bölib bormoqda", deb aytdi Arizona davlat universiteti huquqşunoslik professori Troy Rul. "Borgan sari köproq jinoyatçilar dronlarning qonunga xilof instrument sifatidagi salohiyatini anglamoqdalar", deb ta'kidlab ötdi mutaxassis.

AQŞ fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi dronlar parvozlarini tartibga soliş böyiça ba'zi urinişlarni amalga oşirganiga qaramasdan, ayni vaqtda mavjud vaziyat kontrabandaçilarga özlarini jazosiz his qilişga imkon bermoqda. 

Avvalroq AQŞda havaskorlik dronlarini röyxatdan majburiy ötkaziş bekor qilingani ma'lum qilingandi.