Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Infantino hakamlarga videoyordam haqidagi fikrlarini bildirdi
FIFA prezidenti Janni Infantino Konfederatsiyalar kubogi 1-turidan o‘rin olgan Avstraliya va Germaniya o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng musobaqada hakamga videoyordam tizimi (VAR) ishlayotganligidan mamnun ekanligini aytdi. Uchrashuvning o‘zi esa Germaniya foydasiga 2:3 xisobida yakunlandi.
"Men VAR tizimidan juda mamnunman. Biz videoyordamchilar hakamlarga to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda qanday yordam berayotganini ko‘rmoqdamiz. Tizimning Konfederatsiyalar kubogida sinovdan o‘tishi bizga jarayonlarni va hakamlar bilan aloqa qilishni yaxshilashda yordam beradi. Muxlislar ko‘p yillar davomida orziqib kutganlari yuz berdi. Videoyordam tizimi bu zamonaviy futbol kelajagidir", deb aytdi Infantino.
Mavzuga oid
22:24 / 18.05.2026
Eron FIFAdan AQShda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish kafolatini oldi
18:02 / 01.05.2026
Infantino jonli efirda Isroil va Falastinni yarashtirishga urindi
16:29 / 01.05.2026
Infantino Eron AQShdagi mundialda qatnashishini ma’lum qildi
18:38 / 29.04.2026