«Mançester Yunayted» rahbariyati «Real»dan Kriştianu Ronaldu transferi amalga oşirilişiga şubha bildirmoqda.
Daily Express ma'lumotiga köra, mankunianliklar portugaliyalik bu 32 yoşli futbolçi uçun Madrid jamoasi talab qiladigan 200 mln yevroni juda köp deb hisoblamoqda. Bundan taşqari, futbolçiga yiliga 22 mln yevro miqdorida maoş tayinlaş kerak böladi.
Şuningdek, uşbu transfer amalga oşişiga Joze Mourino va futbolçi örtasidagi munosabatlar tösiq bölişi mumkin. Portugaliyalik mutaxassis «Real»dagi oxirgi mavsumida köplab futbolçilar bilan, jumladan Ronaldu bilan ham ziddiyatga borgandi. Murabbiyning bir fikri maşhur: «Men haqiqiy Ronaldoni şuğullantirganman, hozirgisini emas».
Daily Star xabariga köra, Mourino Ronalduning öz jamoasiga kelişiga qarşi bölmoqda. U hozirgi vaziyatda futbolçi öz şartnomasini yaxşilaş uçungina «MYu»dan foydalanmoqda, degan fikrda.
ESPN kolumnisti, ispan futboli haqidagi kitob muallifi Grem Hantegning hikoya qilişiça, Ronaldu Mourino boş murabbiy bölganida ham Madrid jamoasidan ketib, Mançesterga qaytiş istagini bildirgandi.
«Soliqlar böyiça mojarolardan ança vaqt oldin, «Real»da yorqin öyinlar körsatayotgan Kriştianu Ronaldu «MYu»dagi sobiq jamoadoşlariga Madriddagi hayotidan şikoyat qilgandi.
U Madrid klubida bir neça marta şunday holatga tuşgan. Ayniqsa, Mourino boş murabbiy bölganida. Öşanda Kriştianu «MYu» rahbariyati vakili Albert Morganga qönğiroq qilgan va «Real»dagi holati «MYu»dagi bilan soliştirganda, bir neça baravar yomon ekanini aytgan.
Ammo Zidan kelişi va uning klub bilan qozongan muvafaqqiyatlari vaziyatni yengillaştirgandi», – deya yozgan Hanter.
Ronalduning «Real»dagi kelajagi savol ostida qolgan. U Ispaniya prokuraturasi tomonidan 2011-13 yillar davomida jami 14,7 mln yevro miqdoridagi maoşni yaşirganlikda ayblanmoqda. Matbuotda futbolçi bu pullarni 2010 yili özi asos solgan xayriya kompaniyasi orqali yaşirgani haqida yozilmoqda. Ronaldu öz imij huquqi orqali topilgan pullarni deklaratsiya qilmagani aytilgan. U Ispaniya huquq-tartibot organlari tomonidan 4ta jinoyatda ayblangan va 5 yillik qamoq tahdidi ostida qolgan.












