Samvel Babayan jurnalistlar bilan uchrashuvga kelmaydi

21 iyun kuni Xalqaro press-klubda sport mavzusida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari va O‘FF rahbariyati ishtirokida jurnalistlar bilan uchrashuv tashkillashtiriladi.
Lekin ushbu uchrashuvda O‘FFdan kimlar ishtirok etishi ma'lum emas.
Championat.asia ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Konfederatsiyalar kubogi o‘yinlarini tomosha qilish uchun Rossiyaga yo‘l olgan. Babayan Konfederatsiyalar kubogiga qay maqsadda borgani ma'lum emas. Uning ayni vaqtda Rossiyadaligi jurnalistlar bilan uchrashuvga kela olmasligini ko‘rsatadi. Holbuki, anjumanda ishtirok etadigan jurnalistlarda murabbiyga savollar yig‘ilib qolgandi.
Qolaversa, jurnalistlar bilan uchrashuvda hozirda O‘FF prezidenti hisoblanadigan Mirabror Usmonov ham ishtirok etishi savol ostida.
Endi bu savollarga kimlar javob berishi ham mavhumligicha qolmoqda - Xalqaro press-klub anjumanga aynan kimlar kelishini ma'lum qilmagan.
Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2018 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik davrida qabul qilib olgandi. Uning boshqaruvidagi jamoa saralash o‘yinlarining yakuniy bosqichida 8ta o‘yin o‘tkazib, 4 mag‘lubiyat qayd etdi - terma jamoa hozirda 12 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rindan joy egallab turibdi, bu o‘rin mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani taqdim etmaydi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdagi 3ta terma jamoa uchinchi bosqich davomida murabbiyni ishdan bo‘shatdi, avvaliga Xitoy, keyin Qatar va Janubiy Koreya terma jamoalarida murabbiylar iste'foga chiqdi, guruhning beshinchi vakili Eron esa jahon chempionati yo‘llanmasini O‘zbekistonni mag‘lub qilgan holda muddatidan oldin qo‘lga kiritdi va Karlos Keyrush lavozimida qoldi.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi esa Samvel Babayan qolgan o‘yinlarda ham terma jamoani boshqarishi xususida bayonot berdi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
Fan-texnika | 20:08
-
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:24
-
Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir Bektemir Residence’da restoran ochmoqda
O‘zbekiston | 19:00
-
Parijda 100 yillik taqiqdan keyin Senada cho‘milishga ruxsat berildi
Jahon | 18:52
Mavzuga oid

16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi

21:26 / 12.12.2024
«Chegara bilmas muxbirlar»: 2024 yilda dunyoda 54 nafar jurnalist o‘ldirildi

19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi

23:59 / 08.10.2024