Şohista Şeraliyeva (ism-familiyalar özgartirilgan) noörin raşk sabab oilasining tinçini buzdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Uyiga mehmon bölib kelgan opasiga dardini aytib, yiğlay boşlagan Şohistani opasi Sanam “qöy, öşa eringni, insof berib qolar, bolalaring katta bölib qoldi”, deya tinçlantirdi. Singil esa yiğidan tiyilmas, erining boşqa ayol bilan birga yurganini takrorlab, opasiga könglidagi rejasini aytdi. Avvaliga singlisini tinçlantirişga, oğir-vazmin bölişga undayotgan opa birdaniga singlisining dardiga “kerosin sepib”, yana alangalatdi.
Sanam jahl bilan örnidan turib, “hoziroq borib körsatib qöyamiz unga birovlarning eriga osiliş qanaqa bölişini”, deya Şohistani köçaga sudradi.
Sanam Şeraliyevani olib ketiş uçun kelgan öğli Bahodir va uning örtoği Nömon ham ularga şerik bölişdi. Kerakli manzilga yetib borib, eşikni taqillatişdi. Eşik oçilar-oçilmas içkariga yopirilgan kutilmagan mehmonlarning vajohatidan Nozima Bekjonova dovdirab qoldi.
Şohista kira solib, “Senmi, meni erim bilan yurgan?!”, deb Nozimaga taşlandi.
Ayol esa, uşbu holatni umuman tuşunmas, hatto bu odamlar uyiga nima uçun kelib, janjal qilayotganliklarini ham anglamagan edi. “Hozir hammasini bilib olasan”, deya Şohista uning soçlariga yopişdi. Unga hamroh bölgan Sanam va Bahodir ham Nozimaga taşlandi. Ular xonadon sohibasining soçlarini kesib, tepkilab, qölini sim bilan boğlab, unga turli darajadagi tan jarohati yetkazişadi. Şunda ham xumoridan çiqmagan Şohista opasi va jiyaniga uning uyidagi narsalarni eri olib berganligini aytib, barça buyumlarni olib çiqib ketişga körsatma beradi.
Şohista boşçiligidagi “bosqinçi”lar Nozimaning quloğidagi 900 ming sömlik ikkita ayollar tilla ziragi, 2 mln. sömlik tilla zanjir, barmoqlaridagi 750 ming sömlik uçta tilla uzuk, 4 mln. sömlik “Artel” rusumli televizor, 350 ming sömlik DVD-pleyer, 100 ming sömlik elektr isitgiç, xullas, idiş-tovoq va boşqa uydagi jamiki buyumlarni olişadi.
Bu ham Şohistani tinçlantira olmadi. Endi ular Nozimaga tegişli pasport, oila a'zolariga tegişli şaxsiy hujjatlar va yaşaş xonadonining hujjatlarini olib qöyişdi.
Çaqirilmagan mehmonlarning “hujumi”dan tan jarohati olgan Nozima Bekjonova Şörçi tumani tibbiyot birlaşmasiga yotqizildi.
Olib borilgan dastlabki tergov va suriştiruv natijasida Şohista Şeraliyevaga jinoiy şerik bölgan barça şaxslar öz ayblarini tan olişdi.












