2017 yilning 16 iyun kuni taxminan soat 13:10larda Doniyor Işnazaroviç Ernazarov özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Yunusobod tumani hududida fuqaro Şuhrat Rahimovning (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) «Changan» rusumli avtoulovi salonidan bahosi 1.250.000 sömlik «Artel» rusumli uyali telefon apparatini öğirlab, hodisa joyidan yaşirinmoqçi bölgan vaqtda, uşbu hududda xizmat olib borayotgan Yunusobod tumani IIB xodimlari tomonidan daliliy aşyo bilan qölga olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
 
Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (öğirlik, ya'ni özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işlari qözğatilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.

Yuqoridagi şaxsning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişi mumkin.