«Interfutbol» naşri Özbekiston terma jamoasining sobiq futbolçisi Azamat Abduraimovdan terma jamoaning sönggi natijalar haqidagi fikrlarini sörab, intervyu oldi.

- Azamat aka, şaxsan sizda Tehrondagi öyindan oldin ijobiy natijaga umid bormidi?

- Albatta, men ham barça muxlislar singari ğalabaga umid qilgandim. Işongan edim, demoqçi emasman. Işonç va umid örtasida farq bor. Bungaça Eronni Mirjalol Qosimov murabbiyligida «Ozodi» stadionida mağlub etişni uddalagan edik. Oçiğini aytsam, men murabbiylarga emas, köproq futbolçilarga işongandim. Ayniqsa, terma jamoamiz yetakçilari Odil Ahmedov, Aziz Haydarov va Server Jyeparovni saralaşning eng muhim öyinida jamoadoşlarini öz ortlaridan ergaştira oladi, deb öylagandim. Sababi, JÇ-2018 final bosqiçiga çiqiş uçun bizni faqat va faqat ğalaba qoniqtirardi. Şuning uçun, bu öyinga «maydonda jon ber, lekin ğalaba qozon», degan şior bergan bölardim. Qolaversa, terma jamoaning aksariyat futbolçilari öyindan oldin bergan intervyularida Eronni mağlub etişlarini, murabbiyimiz esa mezbonlarga «syurpriz» tayyorlab qöyilganini aytgandi. Mana şu omillar terma jamoamizning saralaşdagi eng zör öyinini körsatişi va ğalaba qozonişi uçun umid uyğotgandi. Afsuski, amalda bunday bölmadi. Raqibga atalgan «syurpriz»ni ham körmadik. Eng yomoni, ğalabaga bölgan harakat ham közga taşlanmadi. Futbolda mö'jizalar uçraydi. Buni heç kim inkor eta olmaydi. Öz misolimizda aytsak, 1994 yilgi Osiyo öyinlari fikrimga yaqqol isbot böladi. Öşa musobaqaning yarim finalida Janubiy Koreya termasini mö'jiza evaziga mağlub etgandik. Tan olamiz, koreyaliklar bizdan yaqqol ustun va kuçli edilar. Darvozabonimiz Yuriy Şeykin bölmaganida biz aniq yutqazardik. Qolaversa, himoyaçilarimiz ham öyinga jonlarini tikkandilar. Agar omad bizga kulib boqmaganida, öşa uçraşuvda darvozamizdan aniq 5-6ta töp ötkazib yuborardik. Omadga ham köp narsa boğliq. Lekin omad ğalabaga iştiyoqi juda kuçli jamoalarga kulib boqadi. Yana bir bor aytaman, bizning yigitlarda iştiyoq yöq edi. Ötgan yilgi Yevropa çempionatini esga olamiz. Uels va Islandiya termalari har bir uçraşuvda sönggi soniyalargaça kuraş olib borişdi. Bu ikki jamoa mahorat va tajriba bobida raqiblaridan yaqqol kuçsiz edilar. Ammo öşa iştiyoq evaziga heç kim kutmagan ğalabalarga erişdilar. Öz navbatida, murabbiylar ştabiga ham köp narsa boğliq. E'tibor berdingizmi, men murabbiylar ştabi jumlasini işlatdim. Hali öyinning taktik tomondan şakllantirilişi haqida gapirmayapman. Futbolçilarning oddiy ruhiy holati ham maromida emasdi. Biz şu kungaça Babayanning yaxşigina psixolog, kuçli motivator ekani haqida köp eşitganmiz. Uning bu mahorati Filippin yoki Yaman terma jamoasiga qarşi keçadigan bahsga tayyorlaşga yetadi, undan köpiga emas. Masalan, Suriya bilan bölgan öyinda ham futbolçilar murabbiylari va eng muhimi, Vatan uçun jon fido qilişga tayyor ekanliklarini körmadim.