Xalqimizda öz örnida, bilib aytilgan bir naql bor – “Salomatlik – tuman boylik”. Haqiqatan ham insonning salomatligi yaxşi bölmasa, uning hayoti ham çiroyli keçmaydi. Qöli heç bir işga bormay, doim tuşkun kayfiyatda yuradi. Bu esa, öz navbatida, yon-atrofdagi yaqin kişilariga ham öz ta'sirini körsatadi. Şuning uçun salomatligimizdan doim xabardor bölib turişimiz oldimizda turgan eng katta burçlarimizdan biridir.
Xöş, kişi öz salomatligidan qanday xabardor bölib turadi? Albatta, biror yeri oğrib qolişi bilan emas. Soğlomlaştiriş va dam oliş maskanlari unga bu işda yordam beradi. Yangi oçilgan Azim Zomin Shifo MÇJ tomonidan taklif etilayotgan tibbiy xizmatlar va soğlomlaştiriş xizmatlari öz salomatligi borasida qayğurayotgan har bir insonga bu işda kömaklaşadi.

Xöş, uşbu maskan qaysi yaxşi jihatlari bilan ajralib turadi, u yerning afzalliklari nimada? Jizzax viloyati, Zomin tumanida joylaşgan Azim Zomin Shifo MÇJ soğlomlaştiriş va dam oliş maskanida barça qulayliklar mavjud bölib, ikki örinli xonalar, oilaviy dam oliş uçun kottejlar bu yerga taşrif buyuruvçilar uçun maxsus tayyorlangan. Bundan taşqari, davolaş diagnostika bölimi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bölib, malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy xizmat körsatiladi.

Faoliyati endigina yölga qöyilgan uşbu maskanda, bundan taşqari, ultratovuş tekşiruvlar, EKG, EXO doplerografiya, keng tarmoqli klinik biokimyoviy IFA tekşiruvlar, davolaş tasxişlaş xizmatlari yölga qöyilgan. Yuqori malakali kardiolog, nevropatolog, urolog, ginekolog, stomatolog şifokorlar tomonidan ambulator va statsionar şaroitda davolaş işlari olib boriladi. Uşbu mutaxassislarning professionalligi kelajakda bu yerga taşrif buyuruvçi har bir kişining könglidan joy topa bilişi tabiiy.

Yana şuni aytiş mumkin-ki, yuqori va past çastotali toklar bilan davolaş, umurtqa poğonasini kompyuterli tortiş, suv muolajalari, Kedr boçkasi, balçiq va parafin ozokerit bilan davolaş, terrenkur davolaş, jismoniy tarbiya, basseyn, giyohli fitodamlamalar va parhez ovqatlanişlarning yölga qöyilgani maskanning dovröğini butun respublika böylab tarqalişiga sababçi bölgan omillardir.













