Fransiya hukumatini adliya vaziri Fransua Bayru va Yevroittifoq bilan aloqalar va taşqi işlar vazirligi huzuridagi Yevropa işlari vaziri Mariel de Sarnez tark etişdi. Bu haqda BFMTV yozmoqda.
20 iyun kuni Fransiya mudofaa vazirligi rahbari madam Silvi Gular ham işdan ketiş haqida ariza yozgani ma'lum qilingan edi. Barça iste'folar prokuratura tomonidan «Demokratik harakat» (MoDem) partiyasining oliy toifali amaldorlari ustidan oçilgan dastlabki suriştiruvlar natijasida e'lon qilingani aytilmoqda. Yuqorida sanab ötilgan uç vazir turli vaqtlarda uning rahbariyati tarkibida bölişgan.
9 iyun kuni Fransiya huquq-tartibot organlariga 2010 yilda madam Gularning Yevropa parlamentida yordamçisi bölib işlagan insondan ariza kelib tuşgan. U maoşni bu vazifada olgan bölsa-da, heç qaçon öziga tegişli vazifalarni bajarmagan ekan. Nomi oşkor qilinmayotgan ma'lumot beruvçining körsatmalariga köra, jami bölib 12 nafar ana şunday soxta assistent Gular xonimga yordam bergan.
Suriştiruvçilar qölida de Sarnezning ham ana şunday qoidabuzarliklarga yöl qöygani xususida ma'lumotlar mavjud. Bayruga nisbatan suriştiruv işlari olib borilmayapti. Biroq u MoDem rahbari sifatida qarorlar qabul qilişda öz hamkasblari bilan birdam bölgan.
Bu uç siyosatçi 17 may kuni, Emmanuel Makron prezidentlik kursisiga ötirganidan söng, öz lavozimlariga tayinlangan edi. 11 va 18 iyun kunlari Fransiyada parlament saylovlari ötkazildi va unda amaldagi davlat rahbarining tarafdorlari qonunçilik organida köproq öringa ega bölişdi. Frantsuz qonunçiligiga köra, parlament saylovlaridan söng hukumat iste'foga çiqariladi va yangidan şakllantiriladi.












