Xorazm viloyati Xonqa tumanida yaşovçi 20 yoşli Doniyor (ism-familiyalar özgartirilgan) otasi Rossiyaga ketganidan keyin ança quloqsiz bölib qoldi. Onasiga böysunmay qöydi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

2016 yilda öğirlik jinoyati sodir etib, sudlandi. Kuz kunlarining birida uni birga işlaydigan yigit sörab kelganida, onasi yuragini hovuçlab qoldi. Yigit 150 ming söm puli yöqolganini, Doniyordan gumon qilayotganini aytdi. Ona yiğlaganiça turmuş örtoğiga qönğiroq qildi. Turmuş örtoği bilan gaplaşgaç esa jiyani Ne'matga sim qoqdi.

-  Iltimos, tez yetib kelinglar, bir çorasini körmasak bölmaydi.

Ammasining yiğlab aytgan bu sözlari Ne'matni öylantirib qöydi. Amakisi Raşidga qönğiroq qilib, uning gaplarini yetkazdi. Ikkalasi ammasinikiga yetib kelişdi. 

Raşid opasining yiğlab ötirganini körib, unga dalda bermoqçi böldi.

-  Otasi bilan qönğiroqlaşgandim, bir-ikki kunda boraman, ungaça Doniyorni boğlab qöyinglar, boşqa çora yöq, dedi.

-  Şunaqa qilmasak bölmaydi şekilli, bunaqada hammamizni ado qiladi, bu bola.

Raşid jiyani bilan Doniyorni uxlab yotgan joyidan turğazib, uyning çala qurilgan qismiga olib ötişdi. Şu yerga qoziq qoqib, unga Doniyorning çap qölini arqon bilan boğlaşdi.

Köçaga çiqib, yigitni kuzatib qöyişdi. U indamay derazaga köz tikib yotardi. Keyin uylariga qaytib ketişdi. Oradan bir yarim-ikki soat vaqt ötgaç, opasi Raşidga qönğiroq qildi.

-  Doniyorning ahvoli yomon şekilli, rangi ğalati bölib ketgan.

Raşid jiyani bilan yetib kelişganida, Doniyorning rangi oqarib ketgan, oğzidan köpik çiqib turgandi. Yuragi urmayotgandi. Qörqib ketgan Raşid otasiga, uning maslahati bilan içki işlar bölimiga qönğiroq qildi.

D.Açilov voqea joyida nafas olişga qiynalib, jon taslim qilgandi.

R.Alimov va N.Salayev qonunga qarşi harakatlari uçun sud hukmi bilan jazoga tortildi. 

“Faqat qonungina insonni jazoga tortiş huquqiga ega”, deb eslatadi prokuratura naşri.