Yuqori qon bosimi - taşvişlaniş uçun jiddiy sabab. Biroq bundan xafa bölib, depressiyaga tuşişning hojati yöq, çunki bu bilan ahvolingizni yomonlaştirganingiz qoladi, xolos. Bugunga kelib, köplab kasalliklarning davosi mavjud, faqatgina mutaxassisga öz vaqtida murojaat qilinsa bas. Şunda kasallikning rivojini boşlanğiç bosqiçdayoq töxtatiş mumkin böladi. "Ortodoks" tibbiy portali şu haqida xabar berdi. 

Şifokorlar qon bosimini tuşirişda xalqona usullardan foydalanişni taqiqlaşmaydi, biroq davolovçi kardiolog va terapevt bilan maslahatlaşiş ortiqça bölmaydi - davolaş jarayonlari şifokor nazorati ostida ötişi lozim. 

Qon bosimini tuşiruvçi xalqona usullar

Arterial qon bosimini normallaştiriş uçun ikki hafta davomida yangi siqilgan qora mevali ryabina şarbati (25 g)ni içiş yoki kuniga 10 dona mevasini iste'mol qiliş tavsiya etiladi.

Qon bosimini tuşirişning köp xalqona usullari bor.

Qon bosimini tuşiriş uçun sarimsoqli damlamani qabul qiliş mumkin. Uni tayyorlaş uçun 2 boş sarimsoqni maydalab, ustidan suv quyiş kerak (250 ml). Şundan söng 12 kunga tindirişga qöyiladi. Damlamani kuniga uç marta ovqatdan 15 daqiqa oldin 20 tomçidan qabul qiliş kerak. Davolaş kursi - 3 hafta.

Qon bosimini tuşiruvçi mevalar haqida gap ketganda xurmo haqida unutmaslik kerak. Arterial qon bosimini tuşiriş uçun har kuni 3 stakan yangi siqilgan xurmo  şarbatini içiş kerak.

Bundan taşqari, gipertoniyani çernika damlamasi bilan ham davolaş mumkin. Uni tayyorlaş uçun 4 katta qoşiq quritilgan çernika ustidan 1 stakan qaynagan suv quyiladi va 8 soat tindiriladi. Tayyor damlamadan har kuni 1 stakandan içiş kerak böladi. 

Gipertoniyaning ötkir körinişi, arterial qon bosimining keskin kötarilişida tovonlarga uksusga botirilgan kiçik bint bölaklarini qöyiş tavsiya etiladi. Qon bosimi tuşişi bilan bintlarni olib taşlaş kerak, aks holda qon bosimi me'yordan pasayib ketişi mumkin. Bu - qon bosimini tuşirişning favqulodda usuli. 

Kompleks çoralar

Qon bosimini tuşiruvçi xalqona usullar talaygina, ularning har biri muayyan darajada samara beradi. Biroq davolaş usullari yaxşi natija berişi uçun bir neça muhim qoidalarga amal qiliş kerak böladi.