«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Joze Mourino «Real» hujumçisi Kriştianu Ronalduni öz jamoasida körişni istamayapti.
Portugaliyalik futbolçi soliqçilar bilan muammoalaridan keyin Madrid klubi rahbariyatidan norozi bölgan va jamoani tark etişga qaror qilgandi, şundan keyin u «MYu»ga yöl olişi haqida xabarlar tarqaldi.
Marca naşrining yozişiça, Mourino bunday yoşdagi futbolçiga (Ronaldu 32 yoşda) katta mablağ sarflaş töğri emas deb hisoblaydi (Madridliklar uni 200 million yevroga sotişi mumkin, unga şuningdek, 25 million yevro miqdoridagi maoş tayinlaşga töğri keladi). U «Real»ning boşqa hujumçisi, 24 yoşli Alvaro Moratani öz jamoasida körişni istamoqda.
Bundan taşqari, Mourino Ronalduni şunçaki körişni istamaydi. Uşbu ikki portugaliyalik «Real»da birga işlaganida, ularning munosabatlari buzilgan.
Mourinoning Ronalduning kelişiga qarşi bölişi - portugaliyalik futbolçining öyinida pasayiş boşlangani va uning Madrid klubidan ketiş haqidagi gaplariga işonç yöqligi bilan ham boğlanmoqda.
Endilikda Ronalduda «PSJ»ga ötiş imkoni qolmoqda, parijliklar jamoasi uşbu futbolçi uçun 140 million yevro sarflaşgan tayyor.
Eslatib ötamiz, Ronaldu Ispaniya prokuraturasi tomonidan 14,7 million yevro miqdoridagi soliqlarni tölamaganlikda ayblangaç, «Real»dan ketiş taraddudiga tuşdi. Uning hisoblaşiça, jamoa uni bunday vaziyatda yetarliça qöllab-quvvatlamadi.












