AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko bilan 20 iyunda Oq uyda uçraşdi.
Ukrainalik diplomatlarning aytişiça, uçraşuv 20 daqiqadan köproq davom etgan. Uçraşuvda, şuningdek, Ukrainaning AQŞdagi elçisi Valeriy Çaliy, Ukraina taşqi işlar vaziri Pavel Klimkin, AQŞning Ukrainadagi elçisi Mila Yovanoviç, AQŞ vitse-prezidenti Maykl Pens iştirok etgan.
Xorijiy OAVning ma'lum qilişiça, uçraşuv töliq formatli bölmaganiga, Poroşenko qizil gilamsiz kutib olinganiga qaramasdan, unga "Rossiyaga qarşi sanksiyalar kengaytirilişi tarzidagi sovğa" hozirlandi.

Tramp Poroşenko bilan uçraşiş u uçun şarafligini va Ukraina bilan munosabatlarda "sezilarli taraqqiyotga erişilganini" qayd qilib ötgan.
Poroşenko keyinroq Tramp bilan bölib ötgan muzokaralarni "tölaqonli va batafsil" deb atadi. "Donald Tramp bilan tölaqonli, juda batafsil uçraşuv bölib ötdi", deb aytgan Poroşenko. U "AQŞ tomondan qat'iy qöllab-quvvatlov olganini" ta'kidlab ötgan.














