Şu haftaning şanba kuni, 24 iyunda xavfli asteroid sayyoramizga maksimal darajada yaqinlaşadi. Astronomlar bu kosmik obektning Çelyabinsk meteoritidan-da xavfli bölişi ehtimoldan xoli emasligini aytişmoqda. "Komsomolskaya pravda"da şu haqida xabar berildi. 

Asteroid 441 987 raqamini olgan. U soat 06:48 (Moskva vaqti bilan soat 04:38)da Yerdan minimal masofada ötadi. Kosmik jism diametri 300 metrga teng. U körsatilgan vaqtda Yer sayyorasiga 3,036 million kilometrga yaqinlaşadi. Gigant parvozi tezligi soatiga 45,65 ming kiloyemtrni taşkil qiladi. 

NASA astronomlari bu asteroidni 2010 yildayoq aniqlaşgan. Olimlar uni örganiş uçun WISE infraqizil teleskopidan foydalanişgan.

Manbada ta'kidlanişiça, yoz faslining avvalida sayyoramiz yonidan 820 metrli asteroid uçib ötdi. Kosmik jism Yerdan 3 million kilometrda qayd etildi. U soatiga 83 ming kilometr tezlikda harakatlangan.