AQŞ janubi-ğarbida kuzatilayotgan anomal isiş tufayli 4 kişi halok bölgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Mercury News jurnali ma'lumotiga köra, ikki kişi Kaliforniya ştati hududida, San-Xose şahrida issiq tufayli jon bergan - 72 yoşli erkak va 87 yoşli ayol.

Yana ikki qurbon Nyu-Meksiko ştatida qayd etilgan, 57 va 21 yoşlardagi şaxslarni Carlsbad Caverns milliy xiyoboni hududida issiq urgan.

Anomal isiş mamlakatning janubi-ğarbiy hududlarida duşanba kuni boşlandi. Seşanba kuni haddan taşqari issiq harorat Arizona ştatining Finiks şahridagi aeroportda reyslar bekor qilinişiga sabab böldi.

Nevada ştatida ham noodatiy harorat kuzatilmoqda.

Hududlarda anomal isiş hafta oxiriga qadar saqlanib qolişi mumkin.