Apple dökonidan taşlab qöyilgan, eskirgan, qonunçilikni buzuvçi yoki foydalanuvçilar uçun xavfli bölgan ilovalar faol ravişda öçirib taşlanmoqda.
Birinçi navbatda ilovalar va öyinlarning klonlari öçirilmoqda, deb xabar berdi Techcrunch. Masalan, Flappy Bird’ga öxşaş barça nusxalar öçirilgan yoki endi öçiriladi. Şuningdek, spamli, haddan taşqari köp reklamaga ega va 64-bitli yöriqnomalarga ega bölmagan ilovalar ham öçirib taşlanişi mumkin. Yillar davomida yuklab olinmagan dasturlar ham yöq qilinadi.
Şunisi aniqki, dökondagi mahsulotlar orasida eng sifatlilarini tanlab oliş böyiça işlar ketmoqda. Apple kompaniyasi ötgan yili App Store’da sifatsiz ilovalar köp ekanidan taşvişda ekanini bildirgandi. Buning ustiga, ular oddiy standartlar böyiça ham eskirgan.
Öşanda 50 mingdan ortiq ilova öçirilgandi, biroq, endi bunday “kuraş” ança keng kölamli böladi.

















