Yer aholisi soni umumiy tuğiliş darajasining pasayişiga qaramay, 2050 yilga borib dunyo aholisi soni - hozirgi 7,6 milliard kişidan 9,8 milliardga, 2100 yilda esa 11,2 milliardga  köpayadi. Bu haqda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti hisobotida ma'lum qilindi. 

Tadqiqotga köra, aholi sonining ösişi asosan 47 eng kam rivojlangan mamlakatlar hisobiga töğri keladi, u yerlarda tuğiliş darajasi bir ayolga 4,3 bolani taşkil qiladi. Bu davlatlarning hozirda 1 milliardni taşkil qiluvçi aholisining umumiy soni  2050 yilga borib 1,9 milliardga yetadi. 26 Afrika mamlakatining şu davrdagi aholisi ham ikki barobarga köpayadi, deyiladi hisobotda. 

"Umumiy tuğiliş darajasining pasayişda davom etişiga qaramay, hozirgi yiliga 83 million kişiga oşib boruvçi tendensiya saqlanib qolinişi kutilmoqda", - deya taxmin qilişdi hisobot mualliflari. Ular umumiy tuğiliş darajasining pasayişini Yer aholisining qarişi bilan boğlaşmoqda. Prognozlarga köra, 2100 yilga borib 60 yoşdan katta kişilar soni uç barobarga oşadi va 3,1 milliardni taşkil qiladi. BMT ma'lumotlariga köra, 2010-2015 yillarda Yer aholisining 46 foizi yaşovçi 83 mamlakatda tuğiliş darajasi keragidan past körsatkiçlarni qayd etgan.