Yevroittifoq rahbari Donald Tusk Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi (YeI) tarkibida qolişi mumkinligiga hali-hanuz umid bildirmoqda. U YeI sammiti oçilişi arafasida Bryusselda bölib ötgan matbuot anjumanida şunday bayonot bilan çiqdi.
"Britaniyalik ba'zi döstlarim mendan Brexit bekor bölişi mumkinmi yoki yöqligi töğrisida söraşadi. Men ularga aytaman - YeI imkonsizdek tuyulgan orzular ustiga qurilgan. Şuning uçun - kim biladi deysiz? Meni xayolparast deyiş mumkin, lekin birgina men bunday emasman", - deydi u.
Tuskning sözlariga köra, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan çiqişi - "eng murakkab jarayon". "Muzokaralar uç kun avval boşlandi. Bu YeI yaxşi tayyorgarlik körgan eng qiyin jarayon", - deya ta'kidladi Yevroittifoq rahbari.
London va Bryussel örtasidaga rasmiy muzokaralar 19 iyun kuni Belgiya poytaxtida boşlangan. U 2018 yilning noyabriga qadar davom etadi, şundan söng erişilgan kelişuvlarni milliy parlamentlarda ratifikatsiya qiliş uçun tomonlarga yarim yil vaqt beriladi.












