Forbes jurnalining "Hukumat va pullar - 2017. Eng köp daromad oluvçi 50 davlat xizmatçisi" reytingi ma'lumotlariga köra, Ulan-Ude şahar kengaşi deputati va «Titan» tarmoği rahbari Vadim Brendniy Rossiyaning eng badavlat amaldori hisoblanadi.
Manbaga köra, ötgan yili Bredniyning oilaviy daromadi 2,8 milliard rublni taşkil qilgan. Bredniy va uning turmuş örtoği tasarrufida 20 dan ortiq yer uçastkasi, 5 turar-joy, avtomobillar va motor qayiqlari mavjud.

Vadim Brendniy. Foto: youtube/informpolis
Ikkinçi örinni 2,6 milliard rubl daromad bilan Federatsiya kengaşi a'zosi hamda «Okeanrybflot» kompaniyasi aksioneri Valeriy Ponomaryov egalladi.

Valeriy Ponomaryov. Foto: rbc
Reytingning uçinçi poğonasida Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixonov nomi qayd etildi. Uning daromadi - 2,3 milliard rubl.

Rustam Minnixonov. Foto: kazanfirst
Forbes'ga köra, reytingning har törtinçi iştirokçisi Davlat dumasi deputati hisoblanadi.
Naşr ekspertlari hukumatning 400 dan ziyod idoralari va tuzilmalari deklaratsiyalarini örganib çiqişdi. Reyting tuzişda davlat xizmatçisi, uning turmuş örtoği va farzandlarining daromadlari yiğindisi inobatga olindi.











