Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari Rossiyaning Murmansk, Kirovsk, Severomorsk şaharlarining qor bilan qoplangan köçalari tasvirlangan fotosuratlar bilan bölişmoqda. Ular “şimoliy yoz” haqida bir-birlariga hazil ham qilişgan.
Mintaqada 20 va 21 iyun kunlari qor yoğdi, havo harorati esa Tselsiy böyiça 0 darajagaça tuşdi. Noqulay ob-havoga Arxangelsk viloyatidan kelgan atmosfera girdobi sabab bölgan.
Murmansk viloyati aholisi xonadonlaridagi sovuqdan şikoyat qilişni boşladi, sababi markaziy isitiş tizimi öçirilgan, ba'zi tumanlarda esa rejali ta'mirlaş işlari tufayli issiq suv ham yöq.



















